Rodrigo "Manchester Siti"ga gol urish borasida faqat bitta futbolchidan ortda qolib ketmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 103
Madridning “Real” klubi hujumchisi Rodrigo Chempionlar ligasi o'yinlarida “Manchester Siti” darvozasiga Pep Gvardiola 2016 yilda jamoaga qo'shilganidan beri to'rtinchi golini kiritdi.
Oxirgi 8 yil ichida faqat Lionel Messi madridliklar hujumchisidan ko'proq gol urgan - 5 ta. Karim Benzema, Maksvel Korne va Mussa Dembele ham "Siti" darvozasiga 4 martadan gol urishdi.
Joriy mavsumda Rodrigo “Real” safida 44 ta o'yinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!