Bellingem: "Bizning eng katta kuchimiz shundaki..."
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 113
Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Jud Bellingem Chempionlar ligasi 1/4 finali javob uchrashuvida “Manchester Siti” ustidan qozonilgan g'alaba (1:1, penaltilar – 4:3) haqida fikr bildirdi.
“Biz ko'p kuch sarfladik va hozir o'zimizni engil his qilmoqdamiz. "Siti"ni mag'lub etish uchun ko'p harakat qilish kerak. Ba'zida siz nimanidir qilmoqchi bo'lasiz, ammo "Siti" sizdan to'pni birdan tortib oladi. Bu o'yinda g'alaba qozonish biz uchun katta mukofot bo'ldi.
Bizning eng katta kuchimiz shundaki, murabbiyimiz doim yigitlarga erkin o'ynash imkoniyatini berish yo'lini topadi. Biz bog'lanmagan holda o'ynaymiz. U xotirjamlikning namunasidir", dedi Bellingem.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!