London klubi futbolchilaridan mo'maygina pul ishlab olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 12
"Kristal Pelas" yarim himoyachilar Eberechi Eze va Maykl Oliseni sotish orqali 60 million funt sterlingdan ko'proq pul olmoqchi, deb xabar bermoqda BBC.
Eze klubga 2020 yilning avgust oyida "QPR"dan kelib qo'shilgan edi. Transfer summasi 17,8 millionni tashkil etdi, futbolchining klub bilan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Joriy mavsumda 25 yoshli futbolchi 28 ta o'yin o'tkazib, 8 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Olise "Kristal Pelas"ga 2021 yilning iyulida "Reding"dan 9,3 million evro evaziga kelib qo'shilgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!